Germaniyada Musiala haqida yangilik ma'lum qilindi

  • 24.08.2026 12:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala yaqin kunlarda yana maydonga qaytishi mumkin. Bu haqida Kicker nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi tez orada klubning mashg‘ulot bazasida jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi kutilmoqda. Agar tiklanish jarayoni rejaga muvofiq kechsa, Musiala 28 avgust kuni «Shtutgart»ga qarshi o‘yin uchun jamoa ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jamal yaqinida o‘yin paytida o‘zini yomon his qilib, hushini yo‘qotgan edi.

2025/2026 yildgi mavsumda Musiala «Bavariya» tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!