Germaniyalik futbolchi maydonda jon berdi
Germaniyaning "Dessauera" klubi yarim himoyachisi Shtefan Xaberman maydonda jon berdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Hozircha futbolchining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmayapti. Uning mashg‘ulotlar paytida o‘zini yomon his qilgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchi "Dessauera" safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida u jami 253ta o‘yinda maydonga tushdi va 21ta gol urishga erishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Dessauera" Germaniyaning 6-divizionida ishtirok etadi.



Fikrlar