Gexi: “Hammamiz Gvardiola qolishini xohlardik”

  • 17.05.2026 16:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" himoyachisi Mark Gexi Angliya kubogi finalida "Chelsi" ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng fikr bildirdi.

“Men har bir jamoadoshim bilan juda faxrlanaman. Klubimizdagi har bir kishi bunga loyiq. "Kristal Pэlas" bilan g‘alaba qozonish butunlay boshqacha voqea edi. Bu mening birinchi sovrinim edi. Bu yil biz og‘ir mavsumdan so‘ng g‘alaba qozondik, shuning uchun ikkala sovrin ham birdek hayratlanarli.

Jahon chempionati - 2026 yil? Ko‘p narsa sodir bo‘lyapti. Ehtimol, menga yangi oyoqlar kerak bo‘lar! Oldinda hayajonli davrlar kutmoqda. Hamma uning (Gvardiolaning) qolishini xohlardi. Futbol afsonasi va men bu yerga kelganimdan beri ko‘p narsani o‘rgandim", - deya Gexining so‘zlarini keltiradi BBC.

E’tiborli, o‘tgan yildgi finalda Gexining avvalgi klubi "Kristal Pэlas" aynan "Manchester Siti" ustidan g‘alaba qozongan edi - bu kubok London klubi uchun 1905 yil 18 sentabrdan beri birinchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!