Geydji- Oliveyra jangida kim g‘olib bo‘ladi? O‘zbek MMA olami vakillaridan o‘ziga xos taxminlar!

  • 6 may, 2022, 18:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 8 may tongida UFC olamida super janglarga guvoh bo‘lamiz. Ha, UFC 274 turnirini barcha orziqib kutayotganini aniq. Ayniqsa, engil vazn toifasi chempionligi uchun Charlz Oliveyra hamda Jastin Geydji o‘rtasidagi to‘qnashuv shiddatli o‘tish aniq. Bu borada butun jahon matbuotida turli xil fikrlar yangramoqda. 

Biz ham an’anamizga muvofiq, o‘zbek MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik. 

Jasur Alijonov - murabbiy 

- To‘g‘risi, Geydjiga muxlislik qilaman.Biroq, Oliveyra hozirgi kunda Geydjidan kuchliroq va uning ustunlik jihatlari bor. Menimcha Oliveyra g‘alaba qozonsa kerak.

273904982_464267585237374_736412808677055079_n

Mansur To‘g‘izboev - murabbiy 

- Bu jangda Oliveyraning g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori va u muddatidan avval zafar quchadi. Chunki, braziliyalik jangchi Geydjiga nisbatan mukammalroq. 

IMG_20220506_182730_957

Farruh Madaminov - murabbiy 

- Aslini olganda Geydjini jang olib borish uslubi juda yoqadi. "Stoyka"da Oliveyrada imkoniyat yo‘q. Oliveyra jangni "parter"ga ko‘chirishga harakat qiladi. Lekin Geydjini kurashdan chiqqanligini ham unutmaslik kerak . Oliveyra "teyk-daun"larni amalga oshirishga qiynaladi. Xullas, ikkisini ham bir-biriga nisbatan ustunlik tomonlari bor. Imkoniyatlarni 50/50 degan bo‘lardim. 

146727767_830929230806250_9201494794627761051_n

Azamat Nuftillaev -MMA jangchisi 

- Juda qiziqarli jangni tomosha qilamiz. O‘ylaymanki, bu jangda Geydji g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritadi. Shuningdek, bu kechadan o‘rin olgan Toni Fergyuson va Maykl Chendler jangi ham dahshatli tarzda bo‘ladi. Bu bahsda Toni yutadi, degan fikrdaman. 

IMG_20220506_182654_506

Humoyun Ibragimov -MMA jangchisi 

- Geydjini janglarini bilamiz va negadir barcha uning Habib bilan bo‘lgan bahsiga qarab baho beryabdi. Lekin shuni esdan chiqarishyabdiki, Oliveyra Habib emas!

Geydji 2-3 raundlarda TKO bilan jangni tamomlasa kerak. Sababi Oliveyrada futvork kuchli emas va bunday jangchilarni Geydji qanday ahvolga solib qo‘yganini ko‘rdik. Masalan Tonini, Oliveyra ham huddi shu stsenariyda mag‘lub bo‘ladi, deb o‘ylayman. Albatta, bu mening shaxsiy fikrim. 

IMG_20220506_182809_236

Humoyun Muxtorov - MMA jangchisi 

- Ikki ajoyib uslub egalarini qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz. Geydjini sport ba’zasi kurash bo‘lsa-da, faoliyatida asosan "stoyka"da jang qiladi va bu borada salohiyati juda yuqori sanaladi. Oliveyrada Braziliya jiu-jitsusi mukammal darajada. Taxmin qilish juda qiyin. Har ikkisida imkoniyat mavjud. Imkoniyatlar 50/50. 

IMG_20220506_182852_003

 Diyor Mutalibov - MMA jangchisi 

- Engil vazn toifasining eng qiziqarli jangchilari to‘qnash keladi. Geydjida juda kuchli zarba bor va u "stoyka"da jang kechsa, Oliveyraga imkoniyat qoldirmaydi. Biroq, Oliveyra Dastin Poreni qanday ahvolga solganini ko‘rdik. Shuning uchun Getjiga qiyin bo‘ladi. Uning birgina xatosi Oliveyraga qo‘l kelishi mumkin. U bunday holatlardan qanday foydalanishni biladi va katta ehtimol bilan "sabmishen" evaziga yana Oliveyra g‘alaba qozonadi. 

227437441_839172423396482_959249294929400327_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!