
"Geym, set, match" yoxud "Paxtkor" AGMKni yirik hisobda mag‘lub etib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi
Unda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Olmaliqning AGMK klubiga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda "sherlar" 6:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Shota Arveladze shogirdlari tarixda ilk bor o‘tkazilgan Liga kubogi musobaqasida g‘olib chiqib, bir mavsumda uchta sovrinni qo‘lga kiritgan dastlabki jamoaga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, toshkentliklar bunga qadar Superliga va O‘zbekiston kubogida ham zafar quchgan edilar.
Fikrlar