Geynrix endi qaerda o‘ynaydi?
Hamyurtimiz Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan Chimkentning “Ordabasi” klubi Qozog‘iston Premer-ligasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va kelgusi mavsum Evropa ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Sports.kz sayti chimkentliklar prezidenti Baxtiyor Bayseitovdan kichik intervyu olishdi.
“Bu mavsum jamoamiz sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritib, yaxshi natija qayd etishdi. Shu bois, biz kelgusi mavsum ham jamoa o‘zagini saqlab qolmoqchimiz. Futbolchilar ham jamoada qolishni istashmoqda. Legionerlar bilan yangi shartnoma borasida ikki kundan so‘ng, muzokaralar o‘tkazamiz. Shundan so‘ng, kelgusi mavsumda ham jamoamizda kimlar qolishi ma’lum bo‘ladi”, - deb aytib o‘tdi “Ordabasi” prezidenti.

Fikrlar