
"G‘ijduvon"da katta o‘zgarishlar. U erda kimlar ish boshlaganini bilasizmi?
Yangi mavsumda Pro-liga bahslarida munosib qatnashishni maqsad qilgan «G‘ijduvon» futbol klubida bir qator o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi.
Jamoa bosh direktori sifatida Kadirov Bobur Halimovich faoliyat olib boradi. Muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan taniqli mutaxassis Hakim Qayumovich Fuzaylov jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.
23 yanvardan «G‘ijduvon» jamoasi o‘z qarorgohida yig‘ilib, dastlabki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Tarkibda bir qator yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tmoqda.
Jamoa rahbariyati bilan tanishing:
Klub bosh direktori: Bobur Kadirov Halimovich
Direktor o‘rinbosari: O‘tkir Qodirov Olimovich
Direktor maslahatchisi: Madjitov Shuxratmirzo Murodovich
Sport direktor: Akmal Choriev
Xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i: Yaxiyoev Bahodir Hamidovich
Bosh murabbiy: Hakim Fuzaylov
Yordamchi murabbiylar: Rahmatillo Fuzaylov, Akmal Xolmatov, Suxrob Qobilov, Ro‘zimboy Ahmedov
Darvozabonlar murabbiyi: Aleksandr Kit
"G‘ijduvon" matbuot xizmati.
Fikrlar