Gimnastikachilarimiz Jahon kubogi bosqichida qatnashishadi
Bugun Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi start oladi.
8 martga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etadi.
Mamlakat gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, bellashuvlarda quyidagi sportchilarimiz medallar uchun kurash olib borishadi: Abdulaziz Mirvaliev, Humoyun Islomov, Rasuljon Abdurahimov, Oksana Chusovitina.

Fikrlar