Giorgi Nikabadze "Navbahor"ning "Paxtakor"ga qarshi o‘yini oldidan qanday fikrda?

  • 7 noyabr, 2024, 22:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 33 yoshli gruziyalik tajribali hujumchisi Giorgi Nikabadze bo‘lajak o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bo‘lajak raqibimiz “Paxtakor” “Navbahor” singari joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erisha olmagan bo‘lsa-da, jamoamizda ham, toshkentliklarda ham sovrindorlar safidan o‘rin olish imkoniyati saqlanib qolgan. 

Bundan tashqari, “Paxtakor” “Navbahor” uchun printsipial rakqib hisoblanadi va mazkur bellashuvning doimgidek, keskin kurashlar ostida hamda shiddatli tarzda kechishi ehtimoli yuqori. Biz ham bo‘lajak bahsda maydonga o‘zgacha ruh hamda ishtiyoqda tushib, g‘alaba qozonish va muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Ishqibozlardan jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman.  Biz esa ta’kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash, uylariga xursand holda qaytishlari uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz, - dedi Giorgi Nikabadze.  

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
07/11/2024 22:41
Навбахорга факат омад ёр булсин деб Судьялардан халолликни тилаб коламиз