Godin A Seriyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

  • 10.09.2020 21:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" himoyachisi Diego Godin faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, 34 yoshli urugvaylik futbolchiga "Kalyari"dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Tomonlar o‘rtasida allaqachon muzokaralar boshlab yuborilgan. Godinga “Renn”dan ham taklif bor.

Diego “Inter”ga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “neradzurrilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!