“Gol mashinasi”ni 6 klub talashyapti

  • 7 avgust, 2024, 11:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga jahon futboliga ko‘plab iqtidorli charm to‘p ustalarini etishtirib bergan. Ayniqsa, Germaniya chempionatida mahoratli hujumchilar ko‘p.

O‘tgan mavsum “Xoffenxaym” tarkibida porlagan Maksimilian Bayerning xaridorlari ko‘payib ketdi.

Caught Offside nashrining yozishicha, 21 yoshli futbolchini olish maqsadida “Chelsi” Bundesliga klubiga 20 million evrolik taklif yubordi. Biroq nemislar inglizlarning bu yurishini blokladi.

Bayerning shartnomasida uning badal puli 30 million evro ekani belgilangan va “Xoffenxaym” o‘z o‘yinchisini shu summadan kamiga bermaydi.

Bu hujumchiga “aristokratlar”dan tashqari “Bayer”, “Aston Villa”, “Borussiya Dortmund”, “Bavariya” va “Shtutgart” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Germaniya terma jamoasiga jalb qilina boshlagan hujumchi o‘tgan mavsumda milliy chempionatda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 16 ta gol yozdirib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!