Gol o‘tkazmaydigan darvozabon paydo bo‘ldi

  • 24 fevral, 2021, 21:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 24-turida “Sevilya” jamoasi “Osasuna” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

“Sevilya”ning marokashlik darvozaboni Yassin Bunu  quruq seriya bo‘yicha klub rekordini yangiladi. 29 yoshli posbon 528 daqiqadan beri darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda va bu seriya davom etyapti.

Avvalgi rekord portugaliyalik darvozabon Betoga tegishli bo‘lib, u 2015 yili “Sevilya” darvozasini 516 daqiqa davomida gol o‘tkazmay saqlagan.

“Sevilya” joriy mavsumda La Ligada 23 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan atigi 16 ta gol olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!