
Gol urishni unutib borayotgan hujumchi Italiyaga qaytmoqda
Ikki yil oldin to‘purarlik mahorati bilan qator grand klublar e’tiborini tortgan polshalik hujumchi Kshishtof Pyontek “Milan”dan berilgan imkoniyatdan foylana olmagan edi.
Keyinchalik “Gerta”ga jo‘natilgan hujumchi Bundesligada ham o‘zini ko‘rsata olmadi va 15 ta uchrashuvda raqib darvozasiga atigi to‘rt marotaba yo‘l topa oldi xolos.
Endi “Fiorentina” rahbariyati bu futbolchini A Seriyaga qaytarib, unga yana bir imkoniyat berishga qaror qildi. “Gerta” klubi ishonchni oqlamagan hujumchini olgan narxidan arzonroqqa qo‘yib yuborishga rozi bo‘ldi.
Yanvar oyida 27 million evroga xarid qilingan Pyontek uchun italiyaliklar 20 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar