"Gol urmasang, uni ishdan olamiz"
Federiko Valverdening sevgilisi "el-klasiko" oldidan urugvaylik futbolchiga o‘ziga xos uslubda motivatsiya berdi.
Agar gol urmasang, Soledadni (oilaviy oshpaz) ishdan bo‘shatib tashlayman va biz har kuni men pishirgan ovqatni eymiz. Bu haqda o‘yla!
"El-klasiko"dan biroz oldingi ushbu yozishmalarni Valverdening rafiqasi Mina Bonino o‘z ijtimoiy tarmoqlarida baham ko‘rgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Federiko tomonidan yo‘llangan yagona aniq zarba golga aylandi.

Fikrlar