Gol va assist qayd etgan Shomurodovning oʻyini qanday baholandi?

  • 10.05.2026 03:12
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turkiya Superligasining 33-turida "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Samsunspor"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur bahsda Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, bitta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng bir qator statistik portallar hamyurtimizning harakatlarini yuqori baholadi. Jumladan, “Fotmob” unga 8.7 ball qo‘ygan bo‘lsa, “Sofascore” 7.9, “Flashscore” esa 8.4 ballga munosib ko‘rdi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik forvard joriy mavsumda chempionat doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!