"Golden Boy" mukofotiga kim munosib?

  • 19 iyul, 2024, 11:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Evropaning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan "Golden Boy" mukofotini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar kim degan savolga javob berdi.

Pedrining o‘zi bu sovrinni 2021 yilda qo‘lga kiritgan.

"Lamin Yamal, 100%", - deb Pedri so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, Yamal 2024 yilgi Evropa chempionatining ettita o‘yinida qatnashib, bitta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. 17 yoshli futbolchi turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini ham qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumida vinger “Barselona” safija barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!