Gollandiyaning Angliyaga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

  • 22 may, 2019, 15:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Millatlar ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan Angliyaga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

"Lolalar yurti" vakillari 6 iyun kuni Portugaliyaning Gimaraesh shahrida inglizlar bilan kuch sinashadilar. Mazkur bahsda g‘olib chiqqan jamoa esa 9 iyun kuni Portugaliya - Shveytsariya qarama-qarshiligida ustun kelgan jamoa bilan finalda bahs olib boradi. Mag‘lub esa 3-o‘rin uchun uchrashuvda maydonga tushadi.

Darvozabonlar: Marko Bizot (AZ Alkmaar), Yasper Sillessen ("Barselona"), Kennet Vermer ("Feyenoord"), Yerun Zut (PSV);

Himoyachilar: Patrik van Anxolt ("Kristal Pelas"), Natan Ake ("Bornmut"), Deyli Blind, Mateys de Ligt (ikkalasi — "Ayaks"), Virdjil van Deyk ("Liverpul"), Denzel Dyumfris (PSV), Terens Kongolo ("Xaddersfild"), Kenni Tete ("Lion"), Stefan de Vrey ("Inter");

Yarim himoyachilar: Donni van de Beek ("Ayaks"), Frenki de Yong ("Ayaks"), Davi Prepper ("Brayton"), Marten de Ron ("Atalanta"), Pablo Rosario (PSV), "Kevin Strootman (Marsel"), Tonni Vilena ("Feyenoord"), Jorjino Veynaldum ("Liverpul");

Hujumchilar: Rayan Babel (Fulxem), Steven Bergeys (Feyenoord), Stiven Bergveyn, Lyuk de Yong (ikkalasi — PSV), Memfis Depay ("Lion"), Kvinsi Promes ("Sevilya"), Vaut Vegxorst ("Volfsburg").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!