Go‘zal qizlarimizdan chiroyli g‘alaba

 
Tailandda ayollar o‘rtasida tashkil etilgan Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF musobaqalari taqvimiga kiritilgan musobaqada Kamola Umarova va Arina Folts mamlakatimiz sharafini munochib himoya qilmoqda.
 
Juftlik bellashuvlarida birga o‘ynayotgan hamyurtlarimiz dastlabki bosqich bellashuvida amerikalik Akila Jeyms va hindistonlik Ashmita Esvaramurtxi duetiga qarshi kortga chiqdi.
 
Bir soatu etti daqiqa davom etgan bahsda o‘zbekistonlik tennischi qizlar 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi. Keyingi bahsda Kamola va Arina ikkinchi raqamda saralangan tailandlik Nudnida Luangnam va Varunya Vongtinchay bilan raqobatlashadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!