Grand klublar o‘zbekistonlik 17 yoshli yangi talant uchun kurash boshladi

  • 18 dekabr, 2024, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Keyingi yillarda o‘zbek futbolida tarbiyalangan iste’dodli yoshlar Evropaning bir necha jamoalari e’tiborini tortib kelmoqda. Buni o‘zbek futbolining yutug‘i sifatida baholash mumkin.

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining xalqaro miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan yangidan yangi nomlarni kashf etib bermoqda. Xususan, so‘nggi ikki yilda Abduqodir Husanov “Lans”ning, Abbosbek Fayzullaev TsSKAning etakchi o‘yinchisi aylandi.

Muhammadali O‘rinboev Angliya “Brentford” klubida malaka oshirib qaytganidan Evropaning bir necha ligalaridagi klublar e’tiboriga tushdi. Laziz Mirzaev kuni kecha Ispaniyaning “Leganes” jamoasi qo‘shilganini ispan klubi rasman e’lon qildi.

Shu o‘rinda, Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimiz safi ham kengayib borayotgani o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini bu mamlakat chempionatini muntazam kuzatib borishiga turtki bo‘lmoqda.

Oxirgi ikki yilda Rossiya klublariga qo‘shilgan o‘yinchilarimizning aksariyati yosh o‘yinchilar. Ular orasida faqatgina Rustamjon Ashurmatovning tajribasi katta. “Rubin”ning 28 yoshli o‘zbek himoyachisi Qozon shahriga yo‘l olgunga qadar O‘zbekiston va Janubiy Koreya ligalarida katta tajriba to‘plagan.

Biroq uning yonida o‘ynayotgan 21 yoshli Umarali Rahmonaliev, TsSKA etakchisiga aylangan 21 yoshli Abbosbek Fayzullaev, “Akron”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan 21 yoshli Sherzod Esonov va “Ximki”ga borib qo‘shilgan 23 yoshli Alisher Odilov katta futbolga kirib kelganiga hali ko‘p bo‘lmagan yangi avlod vakillaridir.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Rossiya Premer-ligasidagi legionerlarimiz soni yanada oshishi kutilmoqda. Taniqli insayder Ivan Karpovning ma’lum qilishicha, Rossiya grand klublari nishoniga 17 yoshli Azizbek To‘lqinbekov tushgan.

Manbaga ko‘ra, iste’dodli himoyachini “Spartak”, “Zenit” va TsSKA o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallamoqda.

Azizbek To‘lqinbekov “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi. Univeralligi bilan ajralib turadi. Asosiy ampluasi markaziy himoyachi. Biroq o‘ng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachi sifatida g‘am o‘ynay oladi.

The Guardian nashri hamyurtimizni 18 yoshgacha bo‘lgan dunyoning eng iqtidorli 60 nafar eng iqtidorli futbolchilari reytingiga kiritgan.

Azizbek To‘lqinbekov O‘zbekiston U-17, U-20,  U-21 terma jamoalarida muntazam o‘ynab kelmoqda.

“Bunyodkor” safida O‘zbekiston Superligasida 17 ta uchrashuvda ishtirok etib, jami 1017 daqiqa maydonda harakat qildi. Shuningdek, mamlakat kubogi doirasida to‘rtta o‘yinda qatnashib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, o‘z hisobiga bitta gol ham urdi.

To‘lqinbekovning poytaxt klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 31 dekabriga qadar davom etishi belgilangan. Yosh futbolchi hozir Transfermarkt portali tomonidan 250 ming evroga baholanmoqda.

Demak, qishki transferlar vaqtida Azizbek To‘lqinbekov atrofidagi vaziyatni kuzatib boramiz. Tez orada u ham futbolchi akalari izidan borib, legionerga aylanishi mumkin...

“Roma” Shomurodov bo‘yicha qanday qarorga keldi?

Husanov “yondiryapti”, u katta o‘zgarish qildi!

Fayzullaev charchab qoldi...

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Kim tezkor: Shomurodov yoki Dibala? (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!