Grandklub Neymardan yuz o‘girdi

  • 9 avgust, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar PSJni tark etmoqchi bo‘layotgan Neymar faoliyatini “Chelsi”da davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Taniqli insayder Nizar Kinsellaning ta’kidlashicha, braziliyalik yulduz “Chelsi” tarkibini yangidan shakllantirayotgan Maurisio Pochettinoning rejalariga kirmaydi. Argentinalik mutaxassis Neymarning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidlagan.

Pochettino PSJda Neymarga ustozlik qilgan. O‘shanda futbol tahlilchilari argentinalik murabbiy jamoaga jamlangan Neymar, Mbappe va Messi kabi yulduzlarni bo‘ysundira olmagani haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilgan edi.

Neymar Parijdan ketishi kerak. “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes ham ichki muhit buzulmasligi uchun braziliyalik hujumchining Kataloniyaga kelishiga qarshilik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!