Grandlar kutgan hujumchi negadir "Tottenxem"ni tanladi

  • 30.08.2026 17:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi "Everton" va Senegal terma jamoasi hujumchisi Iliman Ndiay uchun kurashga jiddiy qo‘shildi. Mashhur insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tishga asosiy roziligini allaqachon bildirgan.

Shu bilan birga, bu ehtimoliy transfer yana bir yirik bitimga bevosita bog‘liq. Manbalarga ko‘ra, kelishuv faqat bitta sharti bajarilganda amalga oshadi: "shporlar"ning braziliyalik hujumchisi Risharlison "Everton"ga qaytishga rozi bo‘lishi kerak. U 2018–2022 yillar orasida aynan shu klub sharafini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.

Mazkur jarayon ortidan moliyaviy jihatlar ham ma’lum bo‘lmoqda. The Athletic nashri jurnalisti Devid Ornshteyning yozishicha, "Tottenxem" rahbariyati senegallik futbolchini qo‘lga kiritishga juda qiziqmoqda va uning transferi uchun taxminan 80 million yevro sarf etishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!