
Grigalashvilining goli "Qizilqum"ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi
O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Toshkentda davom ettirayotgan "Qizilqum" jamoasi kecha yig‘in doirasida navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi, bu haqda "Qizilqum" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Navoiyliklarning bu galgi raqibi Yaypanning "Turon" jamoasi bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda durang natijasi qayd etildi – 1:1.
"Turon" jamoasidan Bilol Toshmirzaev 64-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 79-daqiqada “Qizilqum”dan Elguja Grigalashvili o‘rtadagi muvozanatni tikladi.
“Qizilqum” tarkibi: Ignatiy Nesterov, Oleg Tolmasov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Fayzullo Qambarov, Jasur Azimov, Salim Mustafoev, Erkin Baydullaev, Giorgi Kuxianidze, Islom Kenjaboev, Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze.
Zaxira: Artyom Makosin, Azizbek Usmonov, Humoyun Abdualimov, Behruz Sa’dulloev, Jamshid Hasanov.
Fikrlar