Grigoriy Tseytlin: Yosh bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ydik
Coca Cola Superligasi 7-turidan o‘rin olgan «Paxtakor» va «Surxon» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng vohaliklar texnik direktori Grigoriy Tseytlin o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«O‘yin ajoyib bo‘ldi. Ammo ko‘p vaziyatlarda «Paxtakor» ustunligi bilinib qoldi. Mamlakat chempioniga qarshi o‘ynash doim qiyin.
Futbolchilarga rahmat aytaman. Jamoamiz asosiy futbolchilari yoshlar hisoblanadi. Biz birinchi bo‘lib hisobni ochdik va ikki daqiqa ichidagi yosh bolalarcha xatolar tufayli darvozamizdan 2 ta gol olib chiqdik.
Andreev kelgusida jamoani boshqarishi uchun unda litsenziya bilan bog‘liq muammolar bor. Hozircha u bosh murabbiy vazifasini bajarib turuvchi maqomida bo‘ladi», - deydi Tseytlin.

Fikrlar