
Grilish “Manchester Siti”ni nega tanlaganini aytdi
“Manchester Siti” tarkibiga qo‘shilgan Jek Grilish yangi jamoasi va bosh murabbiy Xosep Gvardiola haqida iliq fikr bildirdi.
- Men bu jamoaga o‘tib Evropa Chempionlar ligasida o‘ynash, sovrinlar uchun kurashish va zo‘r futbolchilar bilan tajriba almashish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Shuningdek, men “Manchester Siti”ni boshqarayotgan dunyoning eng zo‘r murabbiyi bilan ishlashni istadim. Bu “shaharliklar” safiga o‘tishimda asosiy omillardan bo‘ldi.
“Manchester Siti” katta salohiyatga ega va oxirgi o‘n yillikning eng qudratli klubidir. Men bu jamoaga rad javobini berolmasdim. “Siti” bilan juda ko‘p sovrinlarni yutishimga ishonaman, - dedi Jek Grilish.
Grilish “Aston Villa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ushbu jamoa uchun 2012 yildan beri o‘ynab kelmoqda. 25 shli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda premer-ligada 26 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol va 12 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar