Grilish o‘zi to‘qnash kelgan eng kuchli himoyachilarni sanab berdi

  • 19 oktabr, 2024, 17:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" jamoasining qanot hujumchisi Jek Grilish o‘zi to‘qnash kelgan eng kuchli raqib haqidagi savolga javob berdi.

- Bu Kayl Uoker. U ajoyib himoyachi: tez va kuchli. Uni yakkama-yakka duellarda engish juda qiyin.
- Van-Bissaka haqida qanday fikrdasiz? 
- Ha, men uni eng yaxshi uchlikka kiritgan bo‘lardim. U haqiqatan ham himoyada zo‘r.
- Karvaxalni qanday baholaysiz?
- Biz bir-birimizga qarshi ko‘p marotaba o‘ynaganmiz va juda ko‘p ajoyib o‘yinlar o‘tkazganmiz. Uning faoliyati ham aqlbovarqilmas darajada o‘tmoqda, - dedi Grilish "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Grilish 2021 yilda "Manchester Siti" safiga kelib qo‘shilgan. Ungacha esa o‘zi tarbiya topgan "Aston Villa" jamoasida to‘p tepgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!