
Grilish: "So‘ngi yillarda futbol o‘ynab zavq olmadim"
Ijara asosida "Manchester Siti"dan "Everton"ga o‘tgan Jek Grilish so‘nggi bir necha yil ichida futboldan ko‘p zavq olmaganini aytdi. APL 2-turidan o‘rin olgan "Brayton"ga qarshi bahsda angliyalik vinger ikkita assistni amalga oshirdi.
"O‘ylashimcha, so‘nggi bir necha yil ichida ba’zida futbolga bo‘lgan muhabbatimni yo‘qotgandek bo‘ldim - yo‘q, butunlay yo‘qotmadim, lekin undan keraklicha zavq olmadim. Oila a’zolarim ba’zan uyda bo‘lganimda menga bu haqda gapirishardi. Bu boshqa birov tufayli emas, faqat o‘zim tufayli.
Ammo, men futbolni chindan ham yaxshi ko‘raman va o‘yin kuni uyg‘onib, maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutayotgan paytingdagi hissiyotni yana boshdan kechirishni istayman. Bugun men buni his qildim va umid qilamanki, mening o‘yinim buni ko‘rsatdi", - deya Grilishning so‘zlarini keltirdi Manchester Evening News.
"Everton" Grilishning "Manchester Siti"dan ijara asosida ko‘chib o‘tganini 12 avgust kuni e’lon qildi. 29 yoshli futbolchi 2025/2026 yilgi mavsumni "irislar" safida o‘tkazadi. Eslatib o‘tamiz, Jek 2021 yilda "shaharliklar" safiga "Aston Villa"dan kelib qo‘shilgandi.
Fikrlar