
Grizmann "Atletiko" muxlislaridan ranjidi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya La ligasi 22-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda o‘z jamoasi muxlislari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisaga uchradi.
Mazkur bahsda to‘liq o‘ynagan Grizmannga nisbatan o‘yinning so‘nggida muxlislar xushtakvozlik qilishdi. Bunga javoban fransiyalik futbolchi to‘pbi maydon tashqarisiga tepib yubordi.
Shundan so‘ng u to‘htab, muxlislarga ko‘rsatkich barmog‘i orqali “jim bo‘lish” kerakligini ko‘rsatdi.
Fikrlar