Grizmann "Atletiko"da nimalarga erishdi?

  • 15.05.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek Antuan Grizmann mavsum yakunlangach “Atletiko”ni tark etadi. Xo‘sh, 28 yoshli frantsiyalik hujumchi “matraschilar” safida o‘tkazgan 5 yil davomida nimalarga erishdi?

Grizmann “Atletiko” safida shu kungacha jami 256ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 137ta gol urdi. U Evrokuboklarda 65ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 27ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Frantsiya terma jamoasi a’zosi ortda qolgan besh yil ichida madridliklar safida Ispaniya va UEFA Superkubogi, shuningdek, Evropa ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Grizmann “Atletiko”da to‘p surgan paytida “Oltin to‘p” nomzodlarining kuchli uchligiga kirdi. Chempionlar ligasi finalida o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!