
Grizmann Frantsiya terma jamoasining so‘nggi 16 yildagi eng tezkor golini urdi
Frantsiya terma jamoasi Evro-2024 saralashi guruh bosqichining 1-turida o‘z maydonida Niderlandiyani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu o‘yindagi birinchi gol muallifi Antuan Grizmann bo‘ldi. Hujumchi gol urish uchun 1 daqiqa 55 soniya vaqt etarli bo‘ldi.
Futbol statistikasi bo‘yicha mashhur Opta portali ma’lumotlariga ko‘ra, Antuan Grizmann ushbu goli 2006 yilning 11 oktyabridan beri Frantsiya terma jamoasi tomonidan kiritilgan eng tezkor gol sifatida qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, 16 yil muqaddam Lui Saa Farer orollari terma jamoasi darvozasi 37 soniyadayoq yo‘l topgan edi.
Endi Frantsiya terma jamoasi saralashning 2-turida Irlandiyaga qarshi safar uchrashuvini o‘tkazadi. O‘yin bugun bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar