Grizmann masalasi hal bo‘ldi
Frantsiyaning “L’Equipe” nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Antuan Grizmann transferi yakunlandi. “Barsa” va “Atletiko” kelishuvga erishdi. Shartnomaga ko‘ra, Madrid klubi 20 million evro va 2 milion evro bonus evaziga Grizmanni klubda olib qoladi.
Futbolchi kelasi yozda jamoada qolishi uchun maoshini kamaytirishi va “Atletiko” bilan 2026 yilgacha shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.
Antuan 2021 yilda “ko‘k-anorranglilar” klubidan 2 yillik ijara asosida kelgan edi. 2019 yilda esa “Barsa” uni 120 million evaziga harid qilgan.
Frantsiyalik ushbu mavsum barcha chempionatlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist amalga oshirdi.

Fikrlar