
Grizmann MYuga kelishi mumkin, agar...
Antun Grizmann "Manchester Yunayted" nishonida.
"Sky Sports" nashri bergan xabarga ko‘ra, o‘tgan yilning yozida mankunialiklar frantsiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. MYu sport direktori Jon Murto va kadrlar bo‘yicha maslahatchi Tom Kin Antuanning atrofidagilar bilan bog‘langan.
Ingliz klubi vakillari futbolchining premer-ligaga o‘tish variantidan qanchalik manfaatdor ekanligini so‘ragan. Transferga uning "Atletiko"da har bir bahsda yarim soat o‘yin amaliyoti berilayotgani yordam berishi mumkin edi.
O‘z navbatida futbolchi "qizil iblislar"ning qiziqishidan mamnun bo‘lgan, ammo "Atletiko" bilan shartnoma imzolash u uchun ustuvor variant edi.
Endilikda, futbolchi faqatgina Simeone "Atletiko"dan ketsa, Madrid klubini tark etish haqida o‘ylashi mumkin.
Fikrlar