
Grizmann "Real" futbolchisi bilan bir jamoada o‘ynamoqchi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann “Real Sosedad” jamoasi a’zosi Karlos Velaning o‘yinini yuqori baholadi. Frantsiyalik futbolchi kelajakda Vela bilan bitta jamoa sharafini himoya qilish istagi borligini ham yashirmagan.
– Umid qilamanki, biz yana bitta jamoada to‘p suramiz, do‘stim, – deb yozadi Grizmann tvitter sahifasiga.
Grizmann 2009-2014 yillarda “Real Sosedad” sharafini himoya qilgan. Vela esa bu jamoada 2012 yildan beri to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar