Grossmeysterlarimizning katta to‘qnashuvdagi raqiblari aniq bo‘ldi

BEPUL PROPAN

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy “Tata Steel Chess-2025” musobaqasida qatnashadigan dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatorida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboev dastlabki tur musobaqalariga hozirlanmoqda.

Aytish lozim, Nodirbek Abdusattorov turnirning “Masters” guruhida hindistonlik Pentala Xarikrishna, Rameshbabu Pragnanandxa, Arjun Erigaysi, Gukesh Dommaraju, Leon Lyuk Mendonka, niderlandiyalik Anish Giri, Maks Varmerdam, Yorden van Forest, serbiyalik Aleksey Sarana, xitoylik Vey I, amerikalik Fabiano Karuana, sloveniyalik Vladimir Fedoseev va germaniyalik Vinsent Kaymer bilan g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Bugun “Masters” va “Chellenjer“ guruhlarida ishtirok etadigan shaxmatchilar uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, “Masters“ guruhida to‘rtinchi raqam ostida tasniflangan Nodirbek Abdusattorov 1-turda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, dastlabki tur o‘yinlarida Pentala Xarikrishna – Arjun Erigaysi, Maks Varmerdam – Aleksey Sarana, Vey I – Fabiano Karuana, Leon Lyuk Mendonka – Vinsent Kaymer, Yorden van Forest – Vladimir Fedoseev, Gukesh Dommaraju – Anish Giri ro‘baro‘ keladi.

“Chellenjer“ guruhida 14 nafar shaxmatchi qatorida bahslarda qatnashayotgan Nodirbek Yoqubboev ilk bosqichda hindistonlik Divya Deshmux bilan bahs olib boradi. Yilning ilk nufuzli musobaqasi bo‘lgan mazkur turnir 13 ta turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 2 fevralga qadar davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!