Gruziyalik futbolchining xet-trigi “Qizilqum”ga Antaliyadagi uchinchi g‘alabani keltirdi

  • 7 fevral, 2021, 11:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

10 kundan buyon Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tayotgan “Qizilqum” futbolchilari kecha yig‘in doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvni o‘tkazdi. Navoiyliklarning bu galgi raqibi Qozog‘iston Premer-ligasi vakili “Kaspiy” klubi bo‘ldi.

Aktauliklarga qarshi bellashuvning ilk daqiqalaridanoq Hamid Aktamov shogirdlari hisobda oldinga chiqib oldi. Mate Vatsadzega nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan keyin belgilangan penaltini Georgi Kuxianidze aniq amalga oshirdi. Bo‘lim o‘rtalariga kelib, qo‘shnilarimiz muvozanatni tikladi -1:1.

Keyinchalik, Elguja Grigalashvilida ikki marta gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Birinchisida, raqib posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qolgan bo‘lsa, keyingi vaziyatda gruziyalik legionerning o‘ng burchakdan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘sinini titratdi. Birinchi bo‘limga tomonlar shu hisobda yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida, yana “Qizilqum” futbolchilari oldinga chiqib olishdi. Oybek Qilichevning o‘ng qanotdan uzatib bergan to‘pidan keyin raqib himoyachilari pala-partishlikka yo‘l qo‘ydi va Jasur Azimov vaziyatda ustalik bilan foydalanib, yaqin masofadan raqib darvozasini ishg‘ol etdi - 2:1. Oradan o‘n daqiqa o‘tgach, “Kaspiy” sardori to‘p uchun kurashda himoyachi Muhsin Ubaydullaevdan chaqqonroq harakat qildi va Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, yana hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib Georgi Kuxianidze o‘zini ko‘rsatdi. U ikki daqiqa ichida ikki bor raqib darvozabonini uzoq masofadan kuchli zarbalari bilan dog‘da qoldirib, “Qizilqum”ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Nazorat uchrashuvi. 06.02.2021

“Qizilqum” (O‘zbekiston) – “Kaspiy” (Qozog‘iston) 4:2

Antaliya. “Titanik Lara” stadioni.

Gollar: G.Kuxainidze (3-pen, 66, 68), J. Azimov (50).

“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov (Artyom Makosin), Fayzulla Qambarov (Azizbek Usmonov), Muhsin Ubaydullaev, Sherali Jo‘raev, Salim Mustafoev, Erkin Baydullaev, Oybek Qilichev (Jamshid Hasanov), Jasur Azimov, Georgi Kuxianidze, Elguja Grigalashvili (Behruz Sa’dilloev), Mate Vatsadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!