Gvardiola Abduqodir Husanov haqida: "U juda yuqori darajada, "Siti" unga yillar davomida tayanadi"

  • 19.01.2026 23:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovning oʻyini va professionallligiga yuksak baho berdi.

"Matbuotni oʻqib koʻrdim, Husanovni qanday maqtashayotganini. Ular haq! U juda yuqori darajada. Bizda unga nisbatan hech qanday eʼtiroz yoʻq. Oxirgi oʻyinda ham, undan oldingisida ham u ajoyib harakat qildi. Biz juda mamnunmiz.

Ayniqsa, u "Arsenal"ga qarshi oʻyindan keyin bir oy davomida maydonga tushmaganiga qaramay, mashgʻulotlarda va kiyim almashtirish xonasida oʻzini qanday tutganini koʻrsangiz edi. Ana shu jihat Husanovni belgilab beradi. Men bunga uning ota-onasi bergan tarbiya, Oʻzbekistonda olgan asosi, keyin Fransiyada oʻtkazgan oylari katta taʼsir qilganiga ishonaman. Shundan keyin u toʻgʻridan-toʻgʻri Premyer ligadagi "Manchester Siti"ga keldi. Bu esa juda katta va oson boʻlmagan oʻzgarish.

Abdukodir Khusanov of Manchester City during the Premier League match between Manchester United and Manchester City at Old Trafford on January 17,...

Lekin u tingladi, oʻrgandi. Albatta, uning jismoniy holati juda yuqori darajada. "Manchester Siti"da markaziy himoyachi sifatida koʻp yillar davomida oʻynaydi va eng yuqori saviyada. U qanday darajaga chiqadi? Bu faqat uning oʻzigа bogʻliq, boshqa hech kimga emas", — deya taʼrif berib oʻtdi ispaniyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!