Gvardiola Aguero o‘rniga undan zo‘rini oladi
Xosep Gvardiola yozgi transferlar mavsumida “Inter”da to‘purarlik mahoratini namoyish etayotgan Romelu Lukakuni yana Angliya premer-ligasiga qaytarishni maqsad qilgan.
Ma’lumki, Lukaku o‘z davriba “Chelsi”, “Everton” va “Manchester Yunayted”da to‘p tepib, katta Angliya futbolida suyagi qotgan.
“Manchester Siti”ning asosiy to‘purari Serxio Aguero keyingi paytda ko‘p jarohat olmoqda va yoshi ham o‘tib qolyapti. Bu uning sport formasiga salbiy ta’sir o‘tkazyapti.
Lukakuning ishlari besh. Unga xaridorlar navbati shakllanyapti. Hozircha, belgiyalik hujumchi A Seriyada ettita uchrashuvda qatnashib, ettita gol urishga erishdi.



Fikrlar