Gvardiola: "Akanji va Reis yanvarda jamoaga qaytmaydi”

  • 07.01.2026 09:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub markaziy himoyachilarni jarohatlar muammosi fonida ijaradan chaqirib olmasligini aytdi.

"Shaharliklar" yaqinida "Chelsi"ga qarshi kechgan o‘yinda biryo‘la ikki markaziy himoyachisini yo‘qotdi: Ruben Diash bir oyga yaqin maydonga tusha olmaydi, Yoshko Gvardiol esa mavsum oxirigacha umuman maydonga tushmasligi mumkin. Shunga qaramay, Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, Manuel Akanji va Vitor Reis yanvarda jamoaga qaytmaydi.

- Akanji va Reisni qishki transfer oynasida ijaradan qaytarmaymiz, - deya ispaniyalik murabbiyning bayonotidan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrizio Romano.

Bu esa, o‘z o‘rnida Pep Gvardiola Abduqodir Husanov, Jon Stouns va Natan Akega to‘laqonli ishonch bildirayotganini anglatadi.

30 yoshli shveysariyalik futbolchi Milaning "Inter" klubida to‘p surayotgan bo‘lsa, 19 yoshli braziliyalik futbolchi "Jirona"da tajriba to‘plamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!