Gvardiola: APL, UEFA va boshqalar faqat o‘z cho‘ntagini o‘ylamoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ayni paytda jamoasi duch kelayotgan qiyin taqvim xususida so‘z yuritdi.

"Haqiqatni ro‘y-rost aytish kerak. Faqat "Siti"dagina emas, boshqa barcha jamoalarda ham futbolchilar etarlicha dam olish imkoniyatiga ega bo‘la olmayapti. Hech kim ular haqida qayg‘urmayapti. 

Ular mavsum avvalida atigi 2 haftalik tanaffus oldi. Endi esa 11 oy davomida har 3 kunda futbol o‘ynashga majburlar.

Premer-liga, UEFA va boshqalar o‘z biznesi va statusini saqlab qolishga intilish bilan ovora", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!