
Gvardiola “Arsenal” o‘ynata olmagan superto‘purarni olyapti
Yaqinda “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa to‘purar hujumchisiga muhtoj ekani va yozgi transfer oynasi yopilgunicha muhim transferni amalga oshirish imkoni borligini ta’kidlagan edi.
Ayni paytda “shaharliklar” gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyangni olishni rejalashtirmoqda. “Kanonirlar” ustozi Mikel Arteta tajribali to‘purardan unumli foydalana olmadi va klub uni sotib yuborishga harakat qilmoqda.
O‘z navbatida, Xosep Gvardiola ham o‘zi orzu qilgan Harri Keynni Manchesterga olib kelolmadi va jamoaga hujumda o‘ynaydigan futbolchi kerak bo‘lyapti.
“Arsenal” eng ko‘p maosh olayotgan hujumchisini 45 million funtga qo‘yib yuborishga tayyor ekanini bildirgan.
Fikrlar