Gvardiola Bernardu o‘rniga Portugaliya termasiga chaqiruv olgan futbolchini tanladi
“Manchester Siti” rahbariyati tarkibini kuchaytirish siyosatini davom ettiradi. Klub e'tiboriga Angliya Premier-ligasida “Vest Xem” sharafini himoya qilayotgan Mateush Fernandes tushdi.
Chempionat autsayderlaridan bo‘lgan “Vest Xem” Premier-ligadagi joyini saqlab qolgan taqdirda ham iqtidorli o‘yinchini tarkibda olib qolishi ancha qiyin masala hisoblanadi.
Football Insider nashriga “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh skauti Mik Braun bergan ma'lumotga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining da'vogarlari safi ortib bormoqda va futbolchi uchun kurashga “Manchester Siti” ham qo‘shildi.
Bu Fernandesning Portugaliya milliy terma jamoasidagi debuti va joriy mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlariga bog‘liq hodisadir.
“Vest Xem” mutasaddilari ham klub yozgi transferlar vaqtida bir qator futbolchilarini sotishga majburligini yaxshi anglab turibdi. Mateush Fernandes esa ketishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Braunning so‘zlariga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa sardori Bernardu Silvaning ketishini inobatga olib, yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. Klub skautlari allaqachon Fernandesni kuzatmoqda va uning o‘yinini yuqori baholamoqda

Fikrlar