Gvardiola: "Biz Jahon chempionatiga yutish uchun boramiz"

  • 13 iyun, 15:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ertaga boshlanadigan 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Bu — juda-juda jiddiy musobaqa. Butun dunyo ushbu chempionatni tomosha qiladi. Unda jahonning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Sizlarga kafolat beraman, biz g‘alaba uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Biz bu erga faqat g‘alaba uchun boramiz" — deya iqtibos keltiradi murabbiy so‘zlarini jurnalist Endi Xempson.

"Manchester Siti" G guruhidan joy olgan va quyidagi jamoalarga qarshi o‘ynaydi:

Al-Ayn (BAA)

Vidad Kasablanka (Marokash)

Yuventus (Italiya)

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" o‘tgan mavsum Angliya Premer-ligasini uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!