Gvardiola bu mukofotni 10-marta qo‘lga kiritdi

  • 10 dekabr, 2021, 20:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasi o‘tgan noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, chempionatning eng yaxshi murabbiyini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi.

Ushbu nomga "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola munosib ko‘rildi. Aytish kerakki, ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa o‘tgan oy APLning barcha 3 ta bahsida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati esa 7:1.

E’tiborlisi, Gvardiola premer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi degan nomni faoliyati davomida 10-marta qo‘lga kiritdi.

Qayd etish lozimki, ushbu nomga shuningdek, Stiven Jerrard ("Aston Villa") va Yurgen Klopp ("Liverpul") kabi mutaxassislar nomzodi bor edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!