Gvardiola ashaddiy raqibiga qimmatli maslahat berdi

  • 11 noyabr, 2022, 23:01
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya liga kubogidagi o‘zaro uchrashuvdan keyin “Chelsi” rahbariyatiga maslahat berdi.

Bu bahsda “shaharliklar” o‘z maydonida “aristokratlar”dan 2:0 hisobida ustun keldi.

- “Chelsi”ga maslahat berishim mumkin. Ular Grem Potterga etarli vaqt berishi kerak, shunda u hammasini uddalaydi. Hozirning o‘zida jamoada yaxshi natijalar bor. Har qanday mutaxassisga kerak bo‘lgani kabi unga ham vaqt talab etiladi, - dedi Xosep Gvardiola.

Ma’lumki, “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli sentyabr oyida Tomas Tuxelni iste’foga chiqarib, o‘rniga “Brayton”ni boshqarayotgan Grem Potterni olib kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!