
Gvardiola De Bryuynedan havotirda
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening holati haqida fikr bildirdi. Murabbiy uni UEFA Chempionlar ligasi 2024/2025 mavsumining 1-tur umumiy bosqichida "Inter"ga qarshi o‘yinning (0:0) tanaffusida zaxiraga olgandi.
- U jarohat olgan. Bir necha kun ichida uning ahvoli haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz.
"Arsenal" bilan o‘yinga qaytishi mumkinmi?
Ertaga nima bo‘lishini ko‘ramiz, - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirdi Fabritsio Romano ijtimoiy tarmog‘ida.
Fikrlar