Gvardiola Donnarummaga gol o‘tkazmaslikni o‘rgatadi
“Manchester Siti” yozgi transferlar davrida PSJdan 30 million evro evaziga Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummani transfer qildi.
“Shaharliklar” bosh murabbiy Xosep Gvardiola yangi shogirdi haqida fikr bildirdi.
- Men har doim o‘yinchilarning darajasiga moslashib ish ko‘rishga harakat qilaman. Donnarummaga yoqmaydigan narsalarni talab qilmayman.
Ederson uzoq masofaga pas berish bo‘yicha dunyoning eng zo‘r darvozaboni edi. Biz Jijini Ederson nima qilgan bo‘lsa, uni takrorlash uchun olib kelmadik.
Donnarummaning boshqa sifatlari bor. U daroz va bahaybat. Har bir darvozabon jamoaga o‘ziga xos yangilik olib kiradi, ular zarbalarni qaytaradi va muvaffaqiyatlarda muhim rol o‘ynaydi.
Tabiiyki, Donnarumma gol o‘tkazib yuboradi, biz esa unga bunaqa vaziyatni bartaraf etishiga yordam beramiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Janluiji Donnarumma manchesterliklar bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi. 26 yoshli golkiper 14 sentyabr kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda debyut qilishi kutilyapti.



Fikrlar