Gvardiola: Futbolchilarni tribunalarga qo‘yish va ularni o‘ynatmaslik...

  • 21 may, 04:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 37-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va "Bornmut"(3:1) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola bir nechta futbolchilarni o‘yin qaydnomasiga kiritmaganidan afsusda ekanligi va u katta tarkib xohlamasligini aytib o‘tdi.

Tecno

Men klubga aytdim, katta tarkibni xohlamayman. Har bellashuvda besh-olti nafar futbolchini tribunalarga (zahira o‘rindig‘iga ham emas, butunlay chetga) qo‘yishni istamayman. Bunday bo‘lsa, men ketaman. Agar ular qisqa tarkibni shakllantirib bermasalar, men qolmayman. Futbolchilarni tribunalarga qo‘yish va ularni o‘ynatmaslik — bu mening ruhiyatimga og‘ir botadi. Shuning uchun men futbolchilarga nisbatan bunday qila olmayman” - dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "Siti" qishda sotib olgan Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Echeverri ichki chempionat doirasidagi oxirgi bellashuvlarda qaydnomadan ham o‘rin olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!