Gvardiola: “Grilish 40-45ta gol urish uchun olib kelinmagan“

CHERY AUTO

“Manchester Siti“ bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shogirdi Jek Grilish haqidagi tanqidlarga javob berdi. Aytishicha, Jek hozir yomon o‘yin ko‘rsatmayapti.

Tecno

“Grilish? U yomon o‘ynayotgani yo‘q. Statistikaga ishonmang. 

U xuddi “Aston Villa“da o‘ynagani kabi harakat qilyapti. Uning vazifasi ko‘plab gollar urish emas. U 45talab to‘p kiritish uchun “Siti“ga olib kelinmagan.

Balki u noto‘g‘ri yo‘ldadir?! Balki u o‘zi haqidagi gap-so‘zlarni keragidan ortiq kuzatib borayotgandir?! Agar Jek shunday qilayotgan bo‘lsa, u bu ketishda rivojlana olmaydi“, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!