Gvardiola: "Hamma narsa haqida gapirish niyatim yo‘q. Aks holda, Anchelotti bu gaplarni eshitib qoladi"

  • 17 may, 2023, 15:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tungi soat 00:00 da "Manchester Siti" va "Real" Madrid jamoalari Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqish uchun maydonga tushadi. Mazkur to‘qnashuv oldidan Angliya klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Hujumda yanada samaraliroq harakat qilish uchun taktik tomonlama o‘zgarishlar qilishim mumkin. Lekin alohida nimadir ishlab chiqmaymiz. 

Mendan o‘ta dohiyona qarorlar kutishingizni tavsiya qilmayman. O‘zgarishlar qilinsa-da, tarkibda u qadar keng ko‘lamdagi yangiliklar qilib yubormaymiz.

Hamma narsa haqida gapirish niyatim yo‘q. Aks holda, Karlo (Anchelotti) bu gaplarni eshitib qoladi (kuladi). Nima bo‘lishini yaxshisi o‘yinda ko‘rganingiz qiziqroq, menimcha", - dedi ispaniyalik mutaxassis uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!