Gvardiola: Hech qanday bayram bo‘lmaydi!

  • 17.05.2026 08:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ning “Chelsi” ustidan Angliya kubogi finalidagi 1:0 hisobidagi g‘alabasidan keyin fikr bildirdi.

Uchrashuv Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda Antuan Semenyoning supergoli manchesterliklarning g‘alabasini ta’minladi. Ushbu bahsda bosh hakam vazifasini Darren Inglend bajardi.

- His-tuyg‘ular bosildi. Men baxtli insonman. Bu mavsum haqiqatan ham yaxshi o‘tdi. O‘tgan mavsum ko‘p sabablarga ko‘ra eng qiyini bo‘lgan edi.

Bu mavsumda har bir o‘yinda o‘zimizni qanday ko‘rsatayotganimiz muhim. Balki bizga barqarorlikka erishish uchun vaqt kerak bo‘lgandir.

Hech qanday bayram bo‘lmaydi. Bilasizlar, Premyer-ligadagi Bornmutga qarshi o‘yin yanada qiyin kechadi. U yerga borib, yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz, - dedi Gvardiola BBC nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!