Gvardiola Husanov va Alleyn duetі haqida: "Ikkalasi ham ajoyib o‘ynadi"

  • 08.01.2026 03:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola Maks Alleyn va Abduqodir Husanovning oʻyiniga yuqori baho berdi.

— Ular ajoyib oʻynadi. Husanov juda kuchli futbolchi, u orqaga yoʻnaltirilgan uzun toʻplarda bizga katta yordam berdi. U butun qanot kengligini nazorat qila oladi, juda tezkor. Vaqt oʻtishi bilan yanada oʻsadi, jasurroq boʻladi va oʻyin jarayoniga koʻproq qoʻshiladi. Bu vaqt masalasi, xolos. Himoyada u juda yuqori darajada.

Abdukodir Khusanov of Manchester City blocks the shot of Georginio Rutter of Brighton & Hove Albion during the Premier League match between...

Maksga kelsak, kecha uning birinchi mashgʻuloti boʻldi. Men "Uotford"dan minnatdorman — ular uni futbolchi sifatida ancha oʻsishiga yordam berishdi. Ilgari himoyada muammolari bor edi, ammo bugun uzun toʻplarda juda yaxshi harakat qildi, oʻtish paytida juda tez. Toʻp bilan oʻynashi esa haqiqatdan ham ajoyib. Faqat bitta toʻpni yoʻqotdi, qolgan barchasi — YUQORI DARAJA! Juda-juda yuqori. U kelajakda koʻp gʻalabalarga erishadi, — deya taʼrif berib oʻtdi shaharliklar murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!